Ommaviy Oferta (Foydalanish shartlari)

Mazkur ommaviy oferta CheckCard xizmati (keyingi o‘rinlarda — “Xizmat”)dan foydalanish tartibi, shartlari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi rasmiy hujjat hisoblanadi. Xizmatdan foydalanishni boshlash yoki davom ettirish foydalanuvchining ushbu ofertada belgilangan barcha shartlarni to‘liq, ongli ravishda va hech qanday e’tirozsiz qabul qilganligini anglatadi. Agar foydalanuvchi mazkur shartlarga rozi bo‘lmasa, u holda Xizmatdan foydalanishni to‘xtatishi lozim.

1. Umumiy qoidalar

1.1. CheckCard tizimidan foydalanish foydalanuvchi tomonidan ushbu ommaviy ofertaning barcha bandlariga rozilik bildirilganini va ular bilan tanishilganini anglatadi.

1.2. CheckCard bank muassasasi hisoblanmaydi, to‘lov tizimi maqomiga ega emas hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan. Xizmat faqat texnik va axborot vositasi sifatida faoliyat yuritadi.

1.3. Xizmat foydalanuvchining Telegram akkauntiga kelib tushadigan bank yoki to‘lov kartalari bo‘yicha bildirishnomalarni texnik tahlil qilish orqali to‘lov mavjudligini aniqlash va ushbu ma’lumotni foydalanuvchi tizimlariga yetkazishga yordam beradi.

2. Asosiy tushunchalar

3. Xizmatning ishlash prinsipi

Muhim: Xizmat tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar faqat Telegram xabarlarida ko‘rsatilgan axborotlarga asoslanadi. Xizmat ushbu ma’lumotlarning mutlaq to‘g‘riligini, to‘liqligini yoki o‘z vaqtida yetkazilishini kafolatlamaydi.

4. Foydalanuvchining majburiyatlari

Foydalanuvchi quyidagilarga to‘liq kafolat beradi:

5. Taqiqlangan harakatlar

Quyidagi harakatlar qat’iyan taqiqlanadi:

6. Mas’uliyatni cheklash

6.1. CheckCard xizmati foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslar tomonidan ko‘rilgan bevosita yoki bilvosita moliyaviy zararlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

6.2. Bank tizimlari, Telegram platformasi yoki uchinchi tomon servislaridagi texnik nosozliklar, uzilishlar yoki cheklovlar uchun xizmat mas’ul hisoblanmaydi.

6.3. To‘lov xabarlari noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, kechikib yetib kelishi yoki umuman kelmasligi bilan bog‘liq har qanday holatlar uchun CheckCard javobgar emas.

7. Yakuniy qoidalar